HS WIM komplekslari — yo‘l qoplamasining xavfsizligi va saqlanishi bo‘yicha sizning ishonchli yordamchingiz!
“TAROZI KLASS” MCHJ O‘zbekistonda tortish uskunalarini ishlab chiqarish, sotish, modernizatsiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha boy tajribaga ega bo‘lgan kompaniya sifatida innovatsion yechimni — avtomatlashtirilgan og‘irlik va gabarit nazorati tizimi komplekslari (AOGGTK) ni taqdim etadi.
Zamonaviy dunyoda katta talabga ega bo‘lgan WIM tizimlari yo‘nalishida biz yaqinda faoliyat boshlagan bo‘lsak-da, allaqachon mijozlarimizdan a’lo baholar oldik. Bu yutuqlarimiz jamoamizning birdek harakati, ko‘p yillik tajribasi va tortish uskunalari sohasidagi yuqori professionalligi natijasidir.

Ushbu zamonaviy qurilmalar avtomobillarning og‘irligini, harakat tezligini, o'qdagi yuklamani, transport vositasining gabarit o‘lchamlarini, g‘ildiraklar sonini va o‘qlar orasidagi masofani avtomatik tarzda o‘lchash imkonini beradi. Bu esa O‘zbekistonning avtomobil yo‘llari, ko‘priklari va butun yo‘l infratuzilmasini ortiqcha yuk tashish va yuklarning gabaritga to‘g‘ri kelmasligi tufayli yuzaga keladigan shikastlanishlardan himoya qilishni ta’minlaydi.
Xalqaro sifat va ishonchlilik standartlariga amal qilgan holda, bizning yechimlarimiz yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga va avariyali holatlarni minimallashtirishga xizmat qiladi.
Yuk tashish nazorati va tortish uchun eng yaxshi uskunalarni biz bilan tanlang!
Rasmiy veb-saytimizda ariza qoldiring yoki mutaxassislarimiz bilan bevosita +998 (78) 150-70-50 telefon raqami orqali bog‘laning — va malakali maslahatni mutlaqo bepul oling!