Ekspertlik nazorati va tekshirishning barcha bosqichlarida va tarozilar montaji 3 asosiy mezonlari bilan muvofiqligini ta'minlash:
Modullar va minimal buklanish orasidagi moslashuvchan munosabati hisobigaog’irlikning barobar taqsimlanishi. Avtomashinaning platformadagi (“ko’rsatkichlarning burchaklarga tarqatilishi”) holatiga qarab tarozilar ko’rsatkichlarining minimal darajadagi tarqatilishi.
Modulli ramali qurilma 130% li qo’shimcha mustahkamlikka ega to’sin-tog’orali qurilma asosida yasalgan. Eng keskin muhitda muammosiz ishlashiga kafolat beramiz.
Etakchi ishlab chiqaruvchilarining komponentlaridan foydalanish (ZEMIC.AQSH.Inc., HBM (Germaniya), Rinstrum (Avstraliya)) va zavodlik ikki qatlamli bo'yoq ekstremal dasturlar va harorat (+65 C -30 ) da maksimal uzoq vaqtda ishlatilishini ta'minlaydi.
Biz sizga taklif etayotgan har bir mahsulot birligi sifati uchun javob beramiz.
Barcha mahsulotlar sifat guvohnomalariga ega.
Zamonaviy biznes qanaqa bo'lishidan qat'i nazar, vazn tortish uskunalari har doim kerak.
Tarozilar - bu tovarlar va yuklarni tortish uchun mo'ljallangan qurilma. Ishlatishda qulaylik va ko’rsatkichlar aniqligi ularning texnik parametrlariga bog'liq. Bizning mutaxassislarimiz qo'llash doirasi va boshqa parametrlarni hisobga olgan holda kompaniyangiz uchun individual torozilarni tanlashda yordam beradi.
Eng mashhurlari elektron tarozilardir. Ular ko'p funksiyali, ishlatishda qulay va foydalanishda oson. Modelga qarab, elektron tarozilar turli xil sharoitlarda qo'llaniladi va chegaraviy ko’rsatkichlar, qo'llash doirasi, texnologik xususiyatlarga ko'ra turli xil texnik xususiyatlarga ega.
Kompaniyamiz elektron torozilarning keng assortimentini taklif etadi. Bu yerda siz eng qulay shartlarda elektron tarozilarni xarid qilishingiz mumkin.
“Tarozi Klass” kompaniyasi o'z sohasida yetakchi hisoblanadi.
Mijozlarimiz orasida faoliyatning turli yo'nalishlari bo'yicha yirik zavod va fabrikalar mavjud bo'lib, ular doimiy hamkorlikni afzal ko'rishadi, ya'ni ular bizga o’z sohasidagi eng yaxshi mutaxassis sifatida ishonishadi.
Kompaniyamiz elektron tarozilar, vazn tortish uskunalari va uning tarkibiy qismlarini tarqatish, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish bo'yicha yetakchi hisoblanadi. Biz butun O'zbekiston bo'ylab keng dilerlik tarmog'iga tayanamiz.
Tarozi sotadigan kompaniyani tanlayotganda, nafaqat arzon narx oralig'iga, balki tovar va xizmatlar sifatiga ham e'tibor bering. Kompaniyamiz 16 yildan ortiq vaqtdan beri O‘zbekistonda tarozilar savdosi bilan shug‘ullanib, dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari tomonidan sotilayotgan keng turdagi mahsulotlar va benuqson xizmat ko‘rsatish, keng ko‘lamli qo‘shimcha xizmatlarni taklif etadi.
Biz taklif qilayotgan torozilar orasida eng taniqlilarini ajratib ko'rsatamiz: avtomobil uchun, platforma uchun, omborxona uchun, savdo uchun, pol, tenzodachiklar va bunker, konveyer, temir yo'l tarozilari va boshqa komponentlar.
Biz shunchaki tarozi sotmaymiz, biz samarali to’liq yechimlarni taklif etamiz: loyihalash, yetkazib berish, o‘rnatish va montaj, sozlash va kerak bo‘lganda servis xizmat ko‘rsatish.
Tajribamiz va bilimlarimizga asoslanib, biz yuqori aniqlikdagi vazn tortishdan tortib og'ir sanoat tizimlarigacha bo'lgan keng doiradagi sohalarda qo'llaniladigan har qanday tortish va markirovka yechimlarini taqdim etishga tayyormiz.